Xullas, NixOS da Linux...

Bizning hamjamiyatimiz tomonidan olib boriladigan ma’lumotlar ombori va yordamchi resursimizga xush kelibsiz! Ushbu portalda Linux va unga NixOS nuqtayi-nazaridan qarab, uning texnik tavsifi va tuzilishi haqida ma’lumotlar olishingiz mumkin. Hamda, bizning hamjamiyat foydalanish bilan chegaralanmagan holda, unga o‘z hissangizni qo‘shish yo‘llari bilan tanishtiradi.

Portalda qo‘llanma mavjud va qo‘llanma har taraflama NixOS ning turli jihatlarini qamrab olishga qaratilgan va davomiy ravishda to‘ldirilib boriladi. Agar qo‘llanmada biron xatolik yoki noaniqlik topsangiz, bizning hamjamiyatimiz chatida (opens in a new tab) bu xatolik haqida xabar berishingiz mumkin.

Qo‘llanma kitob asosan ryan4yin (opens in a new tab) tomonidan yozilgan bo‘lib, O‘zbek Mahalliylashtirish guruhi (opens in a new tab) tomonidan texnik tarjima qilingan, ko‘pincha amaliy bilimlar uning tajribalaridan kelib chiqib yozilgan. Ha, tushunib turganlaringizday, bu rasmiy manba emas, tarqoq. Rasmiy manbani ingliz tilida shu yerdan (opens in a new tab) topishingiz mumkin.

Agar Linux rivojiga hissa qo‘shish va hamda Linux dasturlari interfeysiga o‘zbek tili qo‘shish niyatida bo‘lsangiz, iltimos pastda keltirilgan havolalardan "Hissa qo‘shish" ni bosish orqali tarjimonlikka o‘ting.